Samsung tez orada One UI 5.0 sinovini boshlaydi

Samsung tez orada One UI 5.0 sinovini boshlaydi

Google o‘zining Android 13 operatsion tizimining test jarayonlarini shu yilning fevral oyida boshlab yuborgan edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ham o‘z smartfonlari uchun "yashil robotcha"ning yangi avlodiga asoslangan One UI 5.0 qobig‘i sinovini tez orada boshlashi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Samsung yaqinlashib kelayotgan yoz fasli o‘rtalarida, katta ehtimol bilan iyul oyidan boshlab One UI 5.0 yangilashini test qilishni boshlaydi. Bunda kompaniya Android 13 ga asoslangan yangilanishni ommaviy sinash uchun foydalanuvchilarga uni yuklab olish va o‘rnatish imkonini beradi.

Samsung o‘tgan yili Android 12 ga asoslangan One UI 4.0 yangilanishi iyul oyidan test qilishni, noyabr oyidan boshlab esa o‘zining Galaxy qurilmalariga tarqatishni boshlagan edi. Tahminlarga ko‘ra, kompaniya bu yilda ham Android 13 yangilanishini shu yil oxirida yoki rejalar o‘zgaradigan bo‘lsa kelasi yil boshida o‘z Galaxy smartfonlariga yuborishni boshlaydi.

O‘QING: Google Play'da tozalash ishlari olib boriladi