Samsung to‘rt xil Galaxy A smartfoniga Android 10 bazasidagi One UI 2.0 tarqatyapti

  •   DiMaX
  •  2046
  •  14.03.2020 16:55

Samsung to‘rt xil Galaxy A smartfoniga Android 10 bazasidagi One UI 2.0 tarqatyapti

Keyingi paytlarda smartfonsozlar o‘z qurilmalarini operatsion tizimning so‘nggi versiyalari asosidagi proshivkalarga tezroq yangilash masalasiga jiddiy e’tibor bera boshlashgan. Jumladan, ayni shu masala bo‘yicha avval sust bo‘lgan Samsung endi ancha faollashib qolgan.

O‘QING: Nihoyat, hamyonbop Galaxy A11 taqdim qilindi, lekin...

Janubiy koreyalik texnogigant keyingi bir hafta ichida o‘rta narx toifasiga mansub to‘rtta rusumdagi smartfoni uchun yangi proshivkani tarqata boshladi. Bular quyidagi modellardir: Galaxy A70, Galaxy A70s, Galaxy A6 (2018) hamda original form-faktorli Galaxy A80.

Ushbu smartfonlar uchun tarqatilayotgan apdeyt fayli ancha salmoqli – salkam 3 gigabayt. U fevral oyi xavfsizlik patchlarini, Android 10’ning asosiy o‘ziga xosliklarini, hamda yangi One UI 2.0 grafik qobig‘ini o‘z ichiga olgan.

Yangi proshivkalar hozircha Fransiya va boshqa ayrim Yevropa mamlakatlaridagi foydalanuvchilarga yuborilmoqda. Keyinroq boshqa hududlardagi smartfonlarga ham bu apdeyt keladi, yangilanishlarni tekshirib turing.

O‘QING: Arzon va hamyonbop Samsung smartfonlari ishqibozlariga xushxabar bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!