Samsung to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilamoqda

  •   DiMaX
  •  1339
  •  26.01.2021 16:22

Samsung to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilamoqda

Turli smartfonsozlarning o‘z mobil qurilmalariga tizim yangilanishlarini hamda xavfsizlik patchlarini tarqatib turish muddatlari har xil. Bu borada Apple’ga yetadigani yo‘q – aksariyat iPhone’lariga u kamida besh yilgacha apdeyt tarqatadi.

O‘QING: 108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Janubiy koreyalik korporatsiya o‘zining Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ smartfonlari uchun tizim yangilanishini chiqardi. Eslatib o‘tamiz, bular – kompaniyaning 2017 yilgi flagman modellaridir (tavsifi bilan tanishing).

Samsung ushbu ikki qurilmasi uchun Android 10 operatsion tizim talqinini tarqatmagan, 2020 yilning may oyida esa ularni har oylik yangilanishlardan ham mahrum etgan edi. Biroq ular har chorakda tegishli apdeytlarni olib kelmoqda.

Yangilanish Galaxy S8 uchun G950FXXSBDUA3 raqamiga, Galaxy S8+ uchun esa G955FXXSBDUA3 raqamiga ega. Garchi bu proshivkalarda operatsion tizim eski bo‘lsa-da, ular 2021 yilning yanvar oyiga ko‘ra xavfsizlik patchlarini o‘z ichiga olgan. Kuzatuvchilarning ta’kidlashlaricha, ushbu modellar uchun bu eng so‘nggi yangilanish bo‘ladi.

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.