Samsung to‘rtta Galaxy Book leptopini taqdim qildi

Samsung to‘rtta Galaxy Book leptopini taqdim qildi

Samsung kompaniyasi Windows 10 tizimida ishlovchi to‘rtta yangi leptop taqdim qildi. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega.

Qurilmalardan birining vazni bir kilogrammga ham bormaydi, biroq unda hamma kerakli jihat bor. Ikkinchisi esa san’atkorlik qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishga yordam beradi. Uchinchisi RTX grafik protsessori bilan jihozlangan bo‘lsa, to‘rtinchisi hamyonbop narxda yetarlicha kuchli funksiyalarni taqdim etadi.

O‘QING: Apple o‘zining M1 protsessori bazasida iPad Pro va turfa rangli iMac’lar taqdim etdi

Samsung Galaxy Book Pro
Ushbu noutbuk portativligi bilan ajralib turadi. 13.3 dyuym diagonalli ekranga ega qurilmaning vazni bir kilogrammga ham bormaydi. 15.6" modeli esa bir kilodan sal ko‘proq tosh bosadi xolos. Har ikki leptop juda ingichka. Noutbuklarning eng yoqimli jihati ularga o‘rnatilgan AMOLED displeyidir.

Ikkala qurilma ekrani rezolyutsiyasi bir xil — 1,920x1,080p. Displeylar DisplayHDR 500 sertifikatiga ega. Bu esa ular keng ranglar gammasini aks ettira olishi va 500 nitgacha yorqinlikka erishishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ekranlar DCI-P3 diapozonidagi ranglarning 120% ini qamrab olgan va buyruqlarga 0.2 millisekundda javob qaytara oladi. Bajarayotgan amalingizga qarab sRGB yoki Adobe RGB rejimlaridan birini yoqib qo‘yishingiz ham mumkin.

...

Samsung Galaxy Book Pro

Har ikki leptop 11-avlod Intel Core protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, i3, i5 va i7 CPU konfiguratsiyalari hamda 8/16/32GB LPPDR4X operativ xotira opsiyalariga ega. Asosiy xotira esa NVMe SSD shaklida bo‘lib, 1 terabaytgacha sig‘imga ega. i5 va i7 CPUli versiyalar Iris Xe grafik protsessoriga ega, biroq ixtiyoriy GeForce MX450 GPUsi ham bor. Leptoplarda bir necha unumdorlik rejimlari, jumladan, ovozsiz va parraksiz rejimlari mavjud.

Portlarga kelsak, 15.6" modelida bitta Thunderbolt 4, bitta USB-C, bitta USB-A 3.2, HDMI porti, 3.5 mm audio jek/mikrofon va microSD karta sloti bor. 13.3" talqin esa HDMI portiga ega emas, biroq ixtiyoriy nano-SIM sloti o‘rnatilgan va bu bilan 4G LTE aloqasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Mahalliy tarmoqlarga ulanish uchun ikkala leptopda Wi-Fi 6E Ready mavjud. Yana boshqa ijobiy tomonlar qatoriga AKG sozlamali audio, Dolby Atmos, 720p veb-kamera va quvvat tugmasiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri kiradi.

Samsung Galaxy Book Pro 13.3" modeli 870 gramm tosh bosadi. Qalinligi esa 11.2 mm, unga 63 vatt-soatlik akkumulyator o‘rnatilgan. 15.6" model esa 1.05 kg og‘irlik va 11.7 mm qalinlikka ega. Unga biroz kattaroq — 68 vatt-soatlik akkumulyator qo‘yilgan. Har ikki leptop 65 vattlik adapter yordamida USB-C porti orqali quvvat oladi.

...

Samsung Galaxy Book Pro Mystic Pink Gold • Mystic Silver • Mystic Blue ranglarida

Samsung'ning AQShdagi ofislari allaqachon Galaxy Book Pro uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilmoqda. 13.3" model barxi 1,000 dollardan, 15.6« model narxi esa 1,100 dollardan boshlanadi. Sotuvlar 14 maydan boshlanadi. Sotuvlar ochilishidan oldin buyurtma bersangiz, keyinroq ishlatish uchun 100 dollarlik do‘kon kreditiga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Snapdragon 750G chipi va 5,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M42 5G smartfoni taqdim qilindi

Samsung Galaxy Book Pro360
Agar tachskrindan foydalanmoqchi bo‘lsangiz yoki stilus (S Pen, albatta) ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda Samsung Galaxy Book Pro360 leptopi aynan siz uchun. Bu noutbuk 13.3 yoki 15.6 dyuym diagonalli ekranga ega. Leptoplar ekrani 1080p rezolyutsiyasi (16:9 forma faktori) va DisplayHDR 500 sertifikatiga ega. Darvoqe, S pen'ni alohida sotib olish shart emas, qadoq ichida stilus bor.

...

Samsung Galaxy Book Pro360 13.3" ixtiyoriy 5G aloqasiga ega. Har ikki o‘lchamli noutbuklar Wi-Fi 6E Ready'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Simli ulanishlar uchun esa bitta Thunderbolt 4 porti, ikkita USB-C porti, 3.5 mm audio jek/mikrofon va microSD karta sloti mavjud. 5G aloqali versiyada nano-SIM sloti ham bor.

Galaxy Book Pro'lar kabi, ushbu qurilmalar 11-avlod Intel Core i3, i5 va i7 protsessorlari bilan jihozlangan. i5 va i7 versiyalarda ixtiyoriy Iris Xe grafikasi ham bor, lekin Nvidia MX450 mavjud emas. 13.3” model 8GB yoki 16GB, 15.6" talqin esa 32GBgacha bo‘lgan operativ xotiraga ega. NVMe SSD hajmi 1TBgacha. Akkumulyatorlar quvvat sarfi ham Galaxy Book Pro'larniki bilan bir xil. Kichikroq model 63 vatt-soat, kattaroq model esa 65 vatt-soat akkumulyatorga ega. Leptoplarning har ikkisi USB-C porti orqali 65 vattda zaryad oladi. AKG audio, Dolby Atmos, 720p veb-kamera va barmoq izi skaneri kabilar ham bor.

...

Samsung Galaxy Book Pro360

13.3" modelning Wi-Fi'li talqini 1.04 kg, 5G'li versiyasi esa 1.1 kg tosh bosadi. 15.6" model esa 1.39 kg vaznga ega. Kichikroq leptop 11.5 mm, kattasi esa 11.7 mm qalinlikka ega.

...

Samsung Galaxy Book Pro360 Mystic Bronze • Mystic Navy • Mystic Silver ranglarida

Har ikkala Galaxy Book modellari MIL-STD-810G sertifikatiga ega. Qurilmalar past va yuqori bosim, tebranish, chang, namlik va hatto tuz sepilgan sinovlaridan o‘tgan.

Galaxy Book Pro360 leptoplariga hozirdanoq oldindan buyurtma berish mumkin. 13.3" model 1,200 dollar, 15.6" model esa 1,300 dollar turadi. Sotuvlar 14 maydan boshlanadi. Oldindan buyurtma bersangiz, Amazon'da 150 dollarlik do‘kon krediti, Best Buy'da 150 dollarlik sovg‘a sertifikati, Samsung.com sayti yoki Samsung Experience do‘konlaridan buyurtma qilsangiz, tekin Galaxy Buds Pro quloqchinlariga ega bo‘lasiz.

O‘QING: 2020 yilgi qaysi Samsung reklamasi iste’molchilarga eng ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy Book Odyssey

Agar portativlikdan ko‘ra sizga unumdorlik muhim bo‘lsa, bu borada Odyssey o‘z ishini a’lo darajada bajaradi. 15.6 dyuyimli leptop olib yurish uchun qulay, chunki uning vazni 1.85 kg, qilinligi esa 17.7 mm ni tashkil qiladi. Devaysning akkumulyator quvvat sarfi 83 vatt-soat bo‘lib, 135 vattda quvvat oladi.

...
Samsung Galaxy Book Odyssey

Galaxy Book Odyssey ikki xil Nvidia grafik protsessori: GeForce RTX 3050Ti Max-Q hamda 3050 Max-Q'da ishlaydi. Ushbu grafik protsessori 11-avlod Intel Core i5 va i7'ga ega.

Qurilma 8/16/32GB LPDDR4X operativ xotiraga hamda 1TBgacha bo‘lgan NVMEe SSDga ega. Agar o‘zingiz leptopga tezkor xotira o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, bu uchun ikkinchi NVMe sloti ham mavjud.

Qurilmada ulanishlar tanlovi ham keng bo‘lib, ikkita USB-C, uchta USB-A 3.2, HDMI, audio jek portlari, microSD va havsizlik slotlari hamda LAN porti mavjud.

Odyssey 15.6 dyuymli TFT LCD displeyiga ega bo‘lib, uning rezolyutsiyasi 1920 x 1080p ni tashkil qiladi.

Samsung Galaxy Book
Ushbu model seriyadagi eng oddiy leptop bo‘lsa ham, uning kuchli tomonlari mavjud. Agar RTX grafik protsessori hamda AMOLED displey siz uchun muhim bo‘lmasa, Galaxy Book yaxshi tonlovdir.

Qurilmaga 15.6 dyuymli LCD TFT displeyi o‘rnatilingan. Leptop 11-avlod Intel Core i3/i5/i7 protsessorlarida ishlaydi. Galaxy Book'ning arzonroq talqinlari bo‘lib, ular Pentium Gold yoki Celeron protsessorida ishlaydi.

LPDDR4X operativ xotira turining 4/8/16GB variyantlari mavjud. Qurilmada faqat bitta 512GB gacha bo‘lgan NVMe SSD bor. Shunday bo‘lsa-da leptopga qo‘shimcha SSD o‘rnatish mumkin. Galaxy Book'ning barqaror ishlashiga GeForce MX450 grafik protsessori javob beradi.

Ushbu model ham qolgan leptoplar kabi yengil va ingichka. Qurilma qalinligi 15.4 mm, vazni esa 1.55 kg ni tashkil qiladi. Akkumulyator quvvat sarfi 54 vatt-soat bo‘lib, 65 vattda zaryad oladi. Galaxy Book AKG sozlamali audioga ega bo‘lmasa-da, Dolby Atmos funksiyasiga ega. Barmoq izi skaneri esa quvvat tugmasida joylashgan.

...
Samsung Galaxy Book Mystic Blue • Mystic Silver ranglarida

Odyssey'dan farqli ravishda, Galaxy Book'da 5G aloqasi mavjud emas. Biroq qurilmadagi ulanishlar tanlovi keng bo‘lib, ikkita USB-C, ikkita USB-A 3.2, bitta HDMI, kombo jek portlari hamda havsizlik, microSD va SIM karta uchun slotlar mavjud.

O‘QING: Samsung o‘yindan chiqqan yo‘nalishda uning yordami bilan Xiaomi birinchi bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!