Samsung to‘satdan Galaxy Note 20’ni o‘z saytiga chiqarib qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  2136
  •  22.04.2020 08:38

Samsung to‘satdan Galaxy Note 20’ni o‘z saytiga chiqarib qo‘ydi!

Galaxy Note 20 turkumidagi flagman smartfonlar taqdimotiga hali bir necha oy bor, ammo ularning ayrim xususiyatlari allaqachon ma’lum. Masalan, Geekbench servisida standart modelning test natijasi ham, Galaxy Note 20+ 5G fabletining ko‘rsatkichlari ham chiqqan.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 20'ning akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi

Endi esa Samsung to‘satdan Galaxy Note 20 modelining suratini rasmiy onlayn do‘koni – Galaxy Store saytiga chiqardi. Uning Samsung Rewards bo‘limidagi yangi tizer rasmda uchta smartfon tasvirlangan. Ulardan ikki chekkadagisi – Galaxy S10+ hamda Galaxy S20 ekanligi ma’lum, ammo o‘rtadagi smartfon dizayni Samsung’ning birorta modeliga o‘xshamaydi.

Sirli smartfon Galaxy Note 10 fabletiga o‘xshab ketadi, faqat uning Infinity-O ekrani yuqori qismi o‘rtasida old kamera tirqishi bor. Yangi tizerdagi qurilmada esa selfi-kamera ko‘rinmaydi. Demak – ushbu modelda yo uni chap chekkaga o‘rnatishgan, yoki ekranosti kamera (yashirin kamera) qo‘llangan.

Ushbu rasmda shunchaki maket ko‘rsatilgan bo‘lishi va uning Galaxy Note 20 modeliga hech qanaqa aloqasi bo‘lmasligi ham mumkin. Lekin uning korpusi o‘ng qirrasida moddiy tugmachalar yo‘qligi ham yangi avlod fableti haqida insayderlar tarqatgan ma’lumotlarga mos kelyapti.

O‘QING: Samsung smartfonining daktiloskopini ikki karra tezlashtiramiz!