Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  6076
  •  22.11.2019 09:21

Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti

Janubiy koreyalik texnogigant keyingi kunlarda bir nechta yangi smartfonni namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 91mobiles resursining yozishicha, shulardan uchtasini dekabrdayoq taqdim etishadi.

O‘QING: Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Manbalarga ko‘ra, bular – Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellaridir. Mazkur uchta bo‘lajak bestseller yangi yilgacha Hindistonda rasman taqdim etiladi.

Galaxy S yoki Galaxy Note turkumi vakillarini, garchi arzonlashtirilgan versiyada bo‘lsa ham, yilning so‘ngida namoyish etish – Samsung’ga xos odat emas. Lekin bu kompaniya keyingi paytlarda kutilmagan yurishlar bilan ham bozorda o‘zini ko‘rsatmoqda. Buning ustiga, kuni kecha Galaxy S10 Lite modeli AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) sertifikatsiyasidan ham o‘tgan, ya’ni u sotishga tayyorlanib bo‘lingan. O‘rta narx toifasidagi Galaxy A51 allaqachon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan.

O‘QING: Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

Bugungi kungacha uncha ko‘p tilga olinmagan yangi smartfonlardan biri esa Galaxy Note 10 Lite bo‘ladi. SM-N770F model raqamli bu qurilma Samsung’ning bu yilgi fabletlari orasida eng arzoni bo‘lishi aniq.

Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellariga qanday narx belgilanishi hozircha noma’lum. Allaqachon sotuvga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.