Samsung uchta Galaxy smartfoniga dastur yangilanishini jo‘natmoqda

Samsung uchta Galaxy smartfoniga dastur yangilanishini jo‘natmoqda

Samsung kompaniyasi Galaxy A30s, A50, M51 smartfonlariga sentyabr oyi dastur yangilanishini jo‘natmoqda. Yangilanish maxfiylik va xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan 50 dan ortiq muammolarga barham beradi.

O‘QING: Ommabop Galaxy'ga avgust oyi dastur yangilanishi keldi

A30s, A50 va M51 smartfonlariga mos ravishda A307GUBU4CUH6, A505GUBS9CUH2 va M515FXXS3CUI1 proshivka versiyalari jo‘natiladi.

Hozirda argentinalik A30s foydalanuvchilari yangilanishni qabul qilayotgan bo‘lsalar, panamalik A50 foydalanuvchilariga ham yangilanish jo‘natilmoqda.

Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg, Polsha, Portugaliya, Ispaniya, Slovakiya, Ruminiya, Gollandiya, Chexiya, Boltiqbo‘yi davlatlaridagi Galaxy M51 foydalanuvchilariga ham yangi proshivka jo‘natilmoqda.

Shuningdek, ushbu smartfonlardan foydalanadiganlar “Dasturiy ta’minotni yangilash“ menyusiga o‘tish orqali yangilanish kelgani yoki kelmaganini tekshirib ko‘rishlari mumkin.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy smartfoniga avgust oyi yangilanishi keldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!