Samsung uchta hamyonbop smartfonini Android 10 asosli One UI 2.0’gacha yangilayapti

  •   DiMaX
  •  1553
  •  03.04.2020 17:13

Samsung uchta hamyonbop smartfonini Android 10 asosli One UI 2.0’gacha yangilayapti

Janubiy koreyalik texnogigant keyingi yillarda chiqqan smartfonlarini yangi proshivkalar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Martning so‘nggi sanasidan bugungacha uchta rusumdagi Samsung smartfoniga yangilanish kelmoqda.

O‘QING: Samsung uchta modeldagi flagmanlari egalarini xafa qiladigan bo‘ldi

Bular – o‘rta narx toifasiga mansub Galaxy A9 (2018), Galaxy A10s hamda Galaxy A6+ modellaridir. Har uchala holatda ham yangi proshivka – Android 10 operatsion tizimi bazasida tayyorlangan One UI 2.0 grafik qobig‘idir.

Lekin yangilanishlar «havo orqali» bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Masalan, Samsung Galaxy A10s uchun apdeyt hozirda Malayziyadagi foydalanuvchilarga taqdim etilgan. Galaxy A6+ smartfonining esa hozircha SM-A605FN indeksli modellarigina yangilanmoqda.

Mazkur proshivkalar mart oyidagi xavfsizlik patchlarini hamda One UI 2.0 grafik qobig‘iga kiritilgan ko‘plab yangi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan. Agarda smartfoningiz shu uchta modeldan biriga mansub bo‘lsa, u holda yangilanishlarni tekshirib turing.

O‘QING: Geekbench hali chiqmagan SD865+ protsessorli Galaxy Note 20+ 5G’ni taqdimotdan avval fosh etdi