Samsung Upgrade dasturi: Galaxy smartfonlarini endi har yili yarim narxida olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  2977
  •  17.06.2020 17:01

Samsung Upgrade dasturi: Galaxy smartfonlarini endi har yili yarim narxida olish mumkin! (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant Rossiyadagi mijozlari uchun Samsung Upgrade dasturini e’lon qildi. Bu – 2018 yili taqdim etilgan Samsung Forward dasturining yangilangan versiyasidir.

O‘QING: Ikki yillik Samsung smartfonlariga ham Galaxy S20 imkoniyatlari qo‘shildi!

Ushbu dastur doirasida xaridor yangi Galaxy smartfonini Samsung rasmiy do‘konidan olib ishlataveradi va narxini har oyda («rassrochka» usulida) to‘lab boradi. Olti marta to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng muayyan qiymatni to‘lagancha uni yangi modeliga almashtirib olish yoki qaytarib topshirish mumkin. Agar xaridor smartfonni o‘n ikki oy ishlatsa, uni qaytarib berish yoki yangi modelga almashtirib olishda komissiya puli to‘lamaydi.

Ayni damda ushbu dastur doirasiga Samsung Galaxy S20 Ultra, Galaxy S20+, Galaxy S20, Galaxy S10+, Galaxy S10, Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10+, Galaxy Note 10, Galaxy A71 va Galaxy A51 modellari kiradi.

Demak, hozir Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz mana bu havola orqali kompaniya rasmiy saytidagi Samsung Upgrade sahifasiga o‘tishlari, uning shartlari bilan batafsil tanishib, smartfon olishlari mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlari o‘rtacha 20 foizga qimmatlashdi, lekin bu hali holvasi!