Samsung va Apple'ning bestseller smartsoatlari

Samsung va Apple'ning bestseller smartsoatlari

Tahlilchi Fransisko Jeronimo joriy yilning birinchi choragiga ko'ra dunyodagi eng ko'p sotilgan aqlli soatlar top beshtaligini e'lon qildi. Unga ko'ra, Apple bu bozorda ham yetakchilikni o'z qo'liga olgan.

Ro'yxatga ko'ra, Apple brendining bugungi kundagi eng qimmat soati bo'lgan Watch Series 7 (Amerikada $399) o'zining kattaroq ekran va ingichka ramkasi bilan ko'pchilikni o'ziga tortgan ko'rinadi, u 2022-yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar eng ko'p sotilgan.

Birinchi chorakda dunyodagi eng ko'p sotilgan ikkinchi smartsoat ham Apple brendiga tegishli bo'lib, u ikki yil avval chiqarilgan Watch SE soatidir. Garchi EKG kabi yuqori darajali funksiyalarga ega bo'lmasa ham, Apple Watch SE arzon narxga ($279) ega va bu uning ustun tarafi bo'lishi mumkin.

5 yil avval chiqarilganiga qaramay Apple Watch Series 3 hali ham o'z mashhurligini saqlab qolgan va bugungi ro'yxat u bilan yakunladi. Biroq, ushbu modelning yashash davri tugab bormoqda va Apple uni watchOS 8 dan keyin qo'llab-quvvatlamasligi mumkin.

Ro'yxatdagi qolgan uchinchi va to'rtinchi o'rinlar esa Samsung kompaniyasiga tegishli bo'lib, ular mos ravishda Galaxy Watch 4 va Galaxy Watch 4 Classic hisoblanadi. Janubiy Koreya kompaniyasining bu ikki soatlari bozor ulushining 18,9 foizini band qilishgan.

O'QING: Samsung yangi Galaxy Buds quloqchinlarini taqdim etadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.