Samsung va Google smartfonlari bloklangan holda ham kamera orqali josuslik qilar ekan!

  •   DiMaX
  •  1453
  •  20.11.2019 17:13

Samsung va Google smartfonlari bloklangan holda ham kamera orqali josuslik qilar ekan!

Mobil qurilmalar orqali ularning egalari shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash holatlari xavfsizlik sohasi mutaxassislarini xavotirga solishda davom etmoqda. Kuni kecha biz xavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon ro‘yxatini e’lon qilgan edik.

O‘QING: Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus

Checkmarx kompaniyasining kiberxavfsizlik yo‘nalishi mutaxassislari Google hamda Samsung smartfonlaridagi «Kamera» ilovasida himoya tuynugi borligini aniqlashdi. Mazkur zaiflik sababli smartfonlar egasining ruxsatini so‘rab o‘tirmasdan, hatto bloklangan holda ham foto va video suratga ola bilar ekan!

Ekspertlar himoya nuqsoni Pixel 2 XL hamda Pixel 3 modellarida, yana ayrim rusumlardagi Samsung smartfonlarida (modellarini aniq aytishmagan) mavjudligini ma’lum qilishgan.

«Kamera» ilovasidagi ushbu xatolikdan foydalanib, xakerlar masofadan turib ham foydalanuvchiga bildirmasdan, kamerani boshqarishlari, smartfondagi fotosuratlarni ko‘rishlari mumkin. Bulardan tashqari, himoyadagi mazkur tirqish orqali foydalanuvchining telefon suhbatlarini yozib olish imkoniga ham egalar. Rasmlardagi GPS-belgilar yordamida esa smartfon egasining qayerlarda ekanini kuzatish mumkin.

O‘QING: Smartfoningizdagi fonarik ilovasi ham josuslik qiladi – ularning TOP-o‘ntaligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!