Samsung va Philips o‘z televizorlarida 3D texnologiyasidan voz kechadi

Samsung va Philips o‘z televizorlarida 3D texnologiyasidan voz kechadi

Samsung va Philips korporatsiyalari o‘z televizorlarida 3D texnologiyasini qo‘llashdan voz kechishlarini ma’lum qildi. Bu haqda Forbes’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.

2016 yildan ikki kompaniyaning yangi televizorlari 3D funksiyasisiz chiqariladi. Bu talabning pastligi, shuningdek, ushbu formatga mo‘ljallab tayyorlanadigan kontentning ozligi bilan tushuntirildi.

«3D o‘ldi. U rostan ham hech kimga kerak emas. Yana u televizorlarni juda murakkablashtirib yuboradi. Texnologiya shunchaki iste’molchilarning talablariga javob bermaydi», — dedi Philips’ning mahsulotlarni rejalashtirish bo‘yicha direktori Denni Tek.

Boshqa kompaniyalar ham 3D TV ishlab chiqarish hajmini kamaytirmoqda. 2016 yilda LG bunday televizorlarni 2015 yilgiga nisbatan ikki barobar kamroq ishlab chiqaradi, Sony esa texnologiyani faqat top modellarida qoldiradi.

Shunga qaramay, 3D-kinoteatrlar anchayin daromadli biznesga aylanib ulgurgan, shu bois ushbu texnologiyaning butunlay yo‘qolib ketishi ehtimoldan uzoq, deb hisoblaydi mutaxassislar.

Manba: Daryo.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!