Samsung vertikaliga buklanuvchi buklamafonni patentladi

Samsung vertikaliga buklanuvchi buklamafonni patentladi

Motorola kompaniyasi o‘zining ochilib-yopiluvchi ikonik RAZR brendini qayta ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ushbu smartfon ochilganda uzunchoq displeyga ega bo‘ladi.

Samsung'ning ham buklanuvchi smartfoni, Galaxy Fold, borligidan yaxshi xabardorsiz. RAZR'dan farqli o‘laroq, Galaxy Fold to‘liq ochilganda planshet kattaligida bo‘ladi, buklanganda esa qalin gadjetga aylanadi.

Galaxy Fold'ga qo‘shimcha ravishda, Samsung yaqinda o‘zining yangi, vertikal tomonga buklanuvchi buklamafonini patentladi. Bu qurilma Motorola'ning RAZR'iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘ladi.

Sal ilgari WIPO (Jahon intellektual mulk idorasi) ning saytida e’lon qilingan patentning amaliy jihatdan qanday ko‘rinishdagi smartfon bo‘lishini Let'sGoDigital sayti yasama renderlar orqali ko‘rsatib berdi.Манба: Lets Go Digital

Buklangan pozitsiyada qurilma ekrani xuddi Huawei Mate X'dagi kabi tashqi tomonda qolishi mumkin, bu esa ushbu holatda ham gadjetdan foydalana olish imkonini beradi.

Buklangan holda smartfondan qo‘yilayotgan musiqani o‘zgartirish, selfi olish (buklama holatda ham orqa kamera to‘silib qolmaydi) va bildirishnomalarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.LetsGoDigital сайти яратган рендер тасвирлар

Bu smartfonning Motorola'dan farqli uning buklanish mexanizmidir: displeyni ichki tomonga ham, tashqi tomonga ham buklash mumkin. Koreyslarning bu konsepsiyasini butunlay yangicha va antiqa shakl yechimi, deyish mumkin.

Moto RAZR'нинг тахминий рендер расми
Moto RAZR'ning taxminiy render rasmi

Bir qator ishlab chiqaruvchilar buklanuvchan smartfon yaratishga urinishar ekan, aytish mumkinki, bu dizayndagi mobil qurilmalar istiqbollidir. Buklamafonlar sanoati starti allaqachon qizg‘in tus olib ulgurgan. Bir necha kechikishlardan so‘ng, Huawei Mate X va Galaxy Fold'larning taqdimoti yaqinlashib kelmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Samsung smartfonlari narxlari bilan tanishing (2019 yil 20 avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.