Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

  •   DiMaX
  •  1090
  •  20.11.2019 09:22

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Janubiy koreyalik gigant Galaxy Fold buklamafonini bir qator mashmashalardan so‘ng samarali sotmoqda. Samsung Developer Conference 2019 ko‘rgazmasida kompaniya uning ikkinchi avlodi – Galaxy Fold 2 konsepti namoyish etilgan edi.

O‘QING: 2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Kutilganidek, 19 noyabr kuni ushbu qurilma Xitoyda rasman taqdim qilindi va u Samsung W20 5G nomini olgan. Avval ham aytganimizdek, yangi buklamafon ko‘p jihatdan original Galaxy Fold bilan bir xil, (shuning uchun ayrim nashrlar uni Galaxy Fold 5G deb atamoqda).

Yangi buklamafon ham 1536x2152 piksellik 7,3 dyuymlik qayishqoq asosiy ekran, diagonaliga 4,6 dyuymlik, 720x1680 piksellik tashqi displeyga ega. Kameralari ham o‘sha-o‘sha – 12, 16 va 12 megapiksellik datchiklardan iborat asosiy kamera hamda ekran kemtigiga joylangan, 10 va 8 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga olgan old kamera. Yana qo‘shimcha ekran ustida 10 megapiksellik bitta kamerasi bor. smartfonning 4235 mA/soatlik akkumulyatori 15 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi.

Farqlariga keladigan bo‘lsak, Samsung W20 5G beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Snapdragon X50 modemini o‘z ichiga olgan Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Unga Android 9 Pie operatsion tizim talqini asosidagi One UI grafik qobig‘i o‘rnatilgan. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar seziladi – ular ilk buklamafonga nisbatan takomillashtirilgan.

Samsung W20 5G tezkor xotirasi 12, doimiysi esa 512 gigabaytlik. Kompaniya uni dekabrdan savdoga qo‘yadi, lekin narxini hozircha aytmayapti. Hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Galaxy One – har tomonlama «sharshara» ekranli ilk smartfon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.