Samsung Windows 10 uchun QuickSharing dasturini taqdim qildi

Samsung Windows 10 uchun QuickSharing dasturini taqdim qildi

Samsung'ning Microsoft bilan hamkorligi kuchayib bormoqda. Koreys kompaniyasi Windows 10 tizimida ishlovchi shaxsiy kompyuterlar uchun QuickSharing dasturini chiqardi.

Yangi QuickSharing dasturi bir qancha muddat oldin Samsung devayslari uchun chiqarilgan edi, endilikda esa dasturni Windows 10 OTga ham o‘rnatish mumkin. Dasturni Microsoft do‘konidan topishingiz va uning yordamida Wi-Fi Direct'dan foydalanib, smartfoningizdan osonlik bilan kompyuterga fayllar o‘tkazishingiz mumkin.

O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?