Samsung xavfsizlik displeyiga ega ilk “Samsung Safety Truck”ni e’lon qildi

Samsung xavfsizlik displeyiga ega ilk “Samsung Safety Truck”ni e’lon qildi

Samsung Electronics’ning Argentina bo‘linmasi rahbari Sang Jik Li oldingi hafta yirik yuk mashinalari uchun yuqori yuqori piksel sig‘imiga ega xavfsizlikni ta’minlovchi displeyning ilk namunasini sinovdan o‘tkazayotganini rasman e’lon qildi. Yuk avtomobili pritsepining orqa tomonidan joy oladigan displey orqadan kelayotgan avtomobillarga oldindagi holatni ko‘rish imkonini beradi.

Bu texnologiya bir yo‘lli shosselarda yuk mashinasini ta’qib qilayotgan avtomobillar haydovchilariga uni qachon aylanib o‘tish mumkinligini aniqlashlari, shu orqali baxtsiz yo‘l hodisalarining oldini olish maqsadida tatbiq qilinmoqda.

Samsung Safety Truck xavfsiz yuk avtomobilining oldingi qismida yo‘lni tasvirga olib, orqa displeylarga yetkazib beruvchi kamera o‘rnatilgan.

46 dyuymli LED displeyning piksel sig‘imi 1080p bo‘lib, orqadagi avtomobillar uning yordamida tunda ham oldindagi vaziyatdan xabardor bo‘lib, to‘g‘ri qaror chiqarishlari mumkin.

Samsung kompaniyasining qayd etishicha, Xalqaro elektrotexnika komissiya sertifikatiga ega displey tabiiy sharoitlarga, xususan chang va suv ta’sirlariga bardoshli bo‘lib, har qanday sharoitda ham tasvirni aniq-tiniq uzatish qobiliyatiga ega. Bu kabi displeylardan bugungi kunda tashqi reklama monitorlari sifatida foydalanib kelinmoqda.

Loyiha 2015 yilning iyun oyidan Argentinaning yo‘l xavfsizligini ta’minlash muassasalari bilan birga Volvo kompaniyasining yuk mashinalarida sinab ko‘rilmoqda va qachon to‘la amalga oshirilishi aniq emas. Kompaniya ayni kunlarda hamkor avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan kelishuvlar olib bormoqda.

Bu g‘oya aslida Samsung va Chikagoning Leo Burnett xalqaro reklama kompaniyasining qo‘shma g‘oyasi bo‘lgan. Kompaniya bu orqali yo‘l xavfsizligini ta’minlashda ijobiy burilish yasashga umid qilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!