Samsung, Xiaomi va boshqa smartfonlar foydalanuvchilari xavf ostida

Samsung, Xiaomi va boshqa smartfonlar foydalanuvchilari xavf ostida

Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha shug‘ullanuvchi Kryptowire kompaniyasi har yili Android operatsion tizimiga ega smartfonlardagi ilovalar haqida hisobot e’lon qiladi. Tadqiqot ishlari AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Kompaniya smartfonlarda ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va proshivkalarni o‘rganadi. 2019 yil uchun chiqarilgan eng so‘nggi hisobotda, mutaxassislar zararli dasturlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan 146 ta xavfli ilovani aniqladi. Bu haqda iXBT sayti xabar bermoqda.

Bu ilovalarning barchasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan arzon narxli smartfonlarga o‘rnatiladi. Ular firibgarlarga ichki mikrofon orqali suhbatni eshitish, bir tomonlama kirish huquqini o‘zgartirish, shuningdek, ishlab chiqaruvchiga maxfiy ma’lumotlarni uzatishga imkon beradi. Bularning barchasi ruxsatsiz amalga oshadi.

Shunga o‘xshash xavfli unsurlar 29 xil ishlab chiqaruvchining smartfonlarida topilgan. Ushbu ro‘yxatdan Cubot va Doogee kabi nisbatan noma’lum brendlar, shuningdek, Sony, Samsung va Xiaomi kabi taniqli kompaniyalar o‘rin olgan.

O‘rtacha, Android smartfoni yuz tadan to‘rt yuzgacha oldindan o‘rnatiladigan ilovalarga ega bo‘lishini hisobga olsak, ulardagi bu nuqsonlar foydalanuvchilar uchun jiddiy va o‘sib borayotgan xavf hisoblanadi.

 Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, muammo hal qilib bo‘lmaydigan darajada. Kryptowire bosh direktori Anjelos Stavrou ta’kidlashicha, Google kodning sinchkov tahlilini va Android ekotizimiga kiruvchi mahsulotlar uchun dasturiy ta’minot yetkazuvchining javobgarligini talab qilishi mumkin.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Android-smartfondagi Chrome’ni doimo «Inkognito» rejimida ishlaydigan qilamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!