Samsung Xiaomi'dan "o‘g‘irlasa" qanday bo‘ladi?

Samsung Xiaomi'dan

Hoshiyalarsiz va ikki tomoni ham displey bilan qoplangan korpusga ega Xiaomi Mi Mix Alpha'ning taqdimotidan so‘ng, YouTube'chi AndroidLeo o‘zining tasavvurlariga erk berdi.

Agar Mi Mix Alpha'ga o‘xshash smartfon Samsung tomonidan chiqarilsa qanday bo‘lardi?

Dizayner yaratgan Samsung Galaxy Alpha Pro smartfoni konsepsiyasi Xiaomi Mi Mix Alpha'ga juda o‘xshash, ammo dizayner orqa paneldagi kamera joylashgan vertikal chiziqni biroz siljitishga qaror qilgan. Ekran-korpus nisbati esa 190% ni tashkil etadi.Samsung Galaxy Alpha Pro'da hech qanday moddiy tugmalar mavjud bo‘lmasdan, korpus titan qotishmasidan tayyorlangan. Muallifning ta’kidlashicha, tasavvurdagi qurilmaning batareya sig‘imi 5 000 mA/soatni tashkil qiladi.

Barmoq izi sensori ekran ostiga o‘rnatilgan, qurilmada old kamera yo‘q, uning vazifasini to‘rtta linzadan iborat asosiy kamera bajarishi mumkin.Agar Samsung bunday smartfonni chiqaradigan bo‘lsa, uning narxi 1500 dollardan arzonroqqa bo‘lishi taxmin qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bu smartfon dizayni iPhone Slide Pro'niki kabi fantaziyada yaratildi, xolos.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Apple endi kelib-kelib Xiaomi’dan nusxa ola boshladi!