Samsung Xitoyga hujumga o‘tdi: 14 ta yangi modelda smartfon, yana Xiaomi hamkorining zavodida!

  •   DiMaX
  •  3364
  •  05.10.2018 10:01

Samsung Xitoyga hujumga o‘tdi: 14 ta yangi modelda smartfon, yana Xiaomi hamkorining zavodida!

Xitoy – nafaqat turli kompaniyalarning smartfonlarini yetkazib beruvchi, balki ularning asosiy bozorlaridan biri hamdir. Shu bois ham «Osmon osti saltanati» bozoridan o‘rin olish uchun ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar tinimsiz kurash olib boradi.

O‘QING: Xitoy smartfonlari ilk marotaba iPhone'ni dog‘da qoldirishdi

Jumladan, eng yirik smartfonsozlardan sanalmish Samsung ushbu bozorni zabt etish uchun bir necha modellarda arzon telefonlar chiqarishga bel bog‘lagan. Tag‘in, koreyalik texnogigant bu modellarni mahalliy bozor yetakchilaridan biri – Xiaomi smartfonlari ishlab chiqariladigan Wintech zavodida tayyorlaydi!

Kuni kecha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung kelasi yilning o‘zidayoq Xitoyda jami 14 ta yangi modelda smartfonlar taqdim etadi. Ular, tabiiyki, birinchi o‘rinda mahalliy bozorga mo‘ljallanadi. Shuningdek, ayrim rusumlardagi telefonlar dunyo bozoriga ham chiqariladi.

Samsung shu paytgacha xalqaro bozorga chiqargan ko‘plab modellardagi smartfonlarni esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy A9s – Samsung’ning «to‘rtko‘z» kamerali ilk smartfoni!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!