Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

  •   DiMaX
  •  1849
  •  24.05.2021 16:17

Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

Yaqinda Microsoft o‘zining yangi – Surface Laptop 4 noutbukining reklama videosida Apple’ni masxara qilgan edi. Endi esa kupertinolik korporatsiyaning asosiy raqibi – Samsung uning ustidan kulib ikkita videorolik chiqardi.

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Janubiy koreyalik gigant o‘zining Galaxy S21 Ultra 5G flagmani kamera imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi ikkita reklama roligi tayyorlagan. Ularning har ikkalasida bu smartfonni eng zo‘r ayfon – iPhone 12 Pro Max bilan taqqoslab, raqibining zaifligini kalaka qilgan.

Birinchi lavhada koreyalik kompaniya har ikkala smartfon kamerasining zum imkoniyatlarini taqqoslagan. Ularning kamerasida Oyni suratga olishda yaqinlashtirib ko‘rsatish bo‘yicha Galaxy S21 Ultra ustunligi namoyon bo‘lgan – unda hattoki Yer sayyorasidagi yirik kraterlarni tomosha qilish mumkin. iPhone 12 Pro Max esa hatto maksimal darajada yaqinlashtirganida ham Oy o‘rniga xira doira ko‘ringan, xolos. Samsung uni kalaka qilish uchun fonga «yetarlicha yaqin ko‘rinyaptimi?» yozuvini tushirgan.

O‘QING: Xiaomi va Samsung’dan keyin OnePlus ham Apple’ni kalaka qilyapti

Ikkinchi rolikda Samsung har ikkala flagmanning makros’yomka imkoniyatlarini o‘zaro taqqoslagan. Kutilganidek, bunda ham Galaxy S21 Ultra qo‘li baland kelgan – unda mayda detallargacha ko‘ringan, ranglar ham tabiyroq.

iPhone 12 Pro Max makrokamerasida olingan suratga esa «yetarlicha batafsil ko‘rinyaptimi?» yozuvi tushirilgan.

O‘QING: Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!