Samsung yana bir 6000 milliamper-soat batareyali smartfon chiqardi

Samsung yana bir 6000 milliamper-soat batareyali smartfon chiqardi

Samsung kompaniyasi o'zining o'rta va quyi sinf smartfonlarini taqdim qilishda davom etmoqda – Hindistonda Galaxy F14 smartfoni taqdim qilindi.

Galaxy F14 5G smartfoni yil boshida va yaqinda taqdim qilingan Galaxy A14 5G va Galaxy M14 5G modellariga o'xshash yangi model bo'lib, u 90 gerts yangilanishga ega bo'lgan 6.6 dyuymli FHD+ rezolyutsiyadagi PLS LCD ekran bilan jihozlangan va u Corning Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan.

Qurilma kapoti ostida 5 nanometrli Exynos 1330 chipset, hamda, 4/6 GB RAM, 128 GB xotira va 6000 mA/soat batareya bilan joylashgan. Unga o'rnatilgan USB-C porti orqali batareyani 25 Vt tezlikda quvvatlash mumkin.

Smartfon orqa tomonida ikkita kamera bor. Ularning asosiysi f/1.8 diafragmali 50 MP sensor bo'lsa, ikkinchisi 2 MP asosiy kamera hisoblanadi. Old tomondagi Infinity-V ramkaning V qismida joylashgan selfi kamera esa 13 MP (f/2.0).

Galaxy F14 ham Android 13 ga asoslangan One UI 5.1 operatsion tizimida, faqat ayrim funksiyalar olib tashlangan Core versiyada ishlaydi. Smartfon 2 yillik Android va 4 yillik xavfsizlik yangilanishlarini qabul qilishi va'da qilinmoqda.

Qo'shimchasiga smartfonda 3.5 millimetrli simli naushnik uyasi va barmoq izi skaneri (yon tomondagi smartfonni yoqish tugmasiga integratsiyalashtirilgan) mavjud. Shuningdek, qurilma xotira operativ xotirasini qancha bo'lsa shuncha virtual operativ xotiraga ko'paytirish mumkin. Masalan, 4 GB bo'lsa 4 GB, 6 GB bo'lsa 6 GB virtual xotira. 

Galaxy A14 modeli och siyohrang, yashil va qora ranglarda 30-martdan Samsung'ning Hindistondagi veb-sayti, Flipkart va boshqalar yetkazib beruvchilarda 4/128 GB va 6/128 GB xotira konfiguratsiyalariga mos ravishda 12,990 (≈158 dollar) va 14,490 hind rupiyasida (≈176 dollar) sotuvga chiqadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!