Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

  •   DiMaX
  •  706
  •  08.11.2019 15:06

Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

Dunyodagi birinchi raqamli smartfonsoz Galaxy Fold buklamafonini bir qator mashmashalardan so‘ng samarali sotmoqda. Samsung Developer Conference 2019 ko‘rgazmasida kompaniya uning ikkinchi avlodi – Galaxy Fold 2 konseptini namoyish etdi.

O‘QING: 2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Galaxy Fold 2 modeli xuddi Motorola RAZR singari «raskladushka» tarzida – tikkasiga buklanadi. Ammo kompaniya bundan boshqa, har ikki tomonga bukiluvchi yana bir smartfon tayyorlamoqda. Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) e’lon qilgan rasmiy reklama posteri uning Samsung W20 5G modeli ekanini va namoyish kunini ham ko‘rsatdi:

Nomidan ham ma’lum – 19 noyabr kuni Xitoyda taqdim etiladigan bu qurilma beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin Mukul Sharmaning ta’kidlashicha, aynan shu modelning o‘zi Galaxy Fold’ning yangilangan versiyasi bo‘ladi. 5G-modulini aytmasa, uning o‘sha original buklamafondan hech qanday farq qilmaydi.

Mayli, nima bo‘lganda ham, mazkur devays taqdimotiga o‘n kuncha vaqt qolibdi – balki, shu orada u haqda yangi ma’lumotlar chiqib qolar. Hozircha esa global bozorga chiqqan bir qator Samsung telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: «Xabbl» laqabli Galaxy S11 naq «cho‘ntakdagi teleskop» bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!