Samsung yana bir Galaxy modelining 5G versiyasini taqdim etadi

Samsung yana bir Galaxy modelining 5G versiyasini taqdim etadi

Galaxy A23 smartfoni shu yilning mart oyida taqdim etilgan edi. 4G versiyadagi ushbu smartfon Snapdragon 680 chipi bilan jihozlangan. 

Endi ushbu qurilmaning 5G versiyasi Geekbench'da testdan o‘tdi. Smartfon Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u mmWave 5G'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu chip takomillashgan Kyro 660 yadrolari va Adreno 619 grafik protsessori sabab avvalgi Snapdragon 690 chipidan 15% CPU, 30% GPU yuqori unumdorlikni taqdim etadi. mmWave tarmog‘i faqatgina AQSh bozori uchun ishlab chiqarilgan modellarida bo‘lishi aytilmoqda. 

Geekbench'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 4GB, ammo 4G versiya 6GB hamda 8GB xotiraga ega ekanligini hisobga olsak, 5G modelning ham kattaroq xotiraga ega versiyalari ham taqdim etiladi. 

Galaxy A23 5Gning 3D renderlari ham e’lon qilindi. 4G versiya bilan taqqoslaganda dizaynda hech qanday o‘zgarish yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 4G model FHD+ rezolyutsiyadagi 90 gerts 6.6 dyuymli LCD displey, 50MP asosiy, 5MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath 8MP selfi kameralar hamda 25 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

5G versiyaning texnik ko‘rsatkichlari biroz o‘zgarishi mumkin. 

O‘QING: Samsung endi Galaxy M13'ning 5G versiyasini taqdim etadi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.