Samsung yana bir yangi taqdimot sanasini belgiladi

Samsung yana bir yangi taqdimot sanasini belgiladi

Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi Mobile World Congress tadbirini 27-fevral kuni, Toshkent vaqti bilan 23:00 da onlayn o‘tkazishini e’lon qildi.

Tadbirda nimalar taqdim qilinishi noma’lum, lekin Galaxy S22 smartfonlari va Galaxy Tab S8 planshetlarini yaqinda taqdim qilinganini va kompaniyaning yangi taqdimot uchun taklifnomasidagi "qanday o‘rganishimiz va qanday ishlashimiz kelajagimizni belgilaydi" degan so‘zlarini inobatga oladigan bo‘lsak, kompaniya katta ehtimol bilan yangi Galaxy Book noutbuklarini tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin. 

MWC tadbirini siz Samsung YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Redmi K50 Gaming taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!