Samsung yana bitta premial buklamafon chiqardi – narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  998
  •  05.11.2020 17:53

Samsung yana bitta premial buklamafon chiqardi – narx va jihatlari

Janubiy koreyalik korporatsiya Samsung W21 5G rusumli buklamafonini tayyorlayotgani haqida yozgandik. Xitoyda ushbu gadjetning namoyishi bo‘lib o‘tdi va u chindan ham Galaxy Z Fold 2 modeliga o‘xshar ekan, lekin farqlari ham bor.

O‘QING: 2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi xalqi qashshoq yurtda bir kundayoq sotilib ketdi!

Samsung W21 5G korpusining ichki tomonida 7,6 dyuymlik Dynamic AMOLED-ekran o‘rnatilgan. Bu qayishqoq displeyda tasvir aniqligi 2048x1536 pikselga teng, yangilanish chastotasi esa 120 gerslik.

Korpusning tashqarisidagi 6,2 dyuymlik ekran esa Super AMOLED matritsali bo‘lib, HD+ formatida tasvir uzata oladi. Smartfon tillarang korpusda taqdim etilgan, orqa qopqog‘ida tikka chiziqlar bor.

Yangi buklamafonning texnik ta’minoti asosini sakkiz yadroli Snapdragon 865+ protsessori tashkil etadi. Qurilmada Adreno 650 grafik tezlatgichi hamda 12 gigabaytlik hajmdagi LPDDR5 toifali tezkor xotira chipi ham qo‘llangan. Samsung W21 5G doimiy xotirasi esa UFS 3.1 standartida bo‘lib, Galaxy Z Fold 2 modelinikidan ikki karra ko‘p – 512 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Undan yana bir muhim farqi – yangi smartfonda ikkita moddiy SIM-karta sloti qo‘llangan (Galaxy Z Fold 2 buklamafonida esa ikkinchisi eSIM moduli edi).

Samsung W21 5G devaysini Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi AKG stereodinamiklari bilan ta’minlashgan. Avtonomligi uchun 4500 mA/soatlik akkumulyator mas’ul – u 11 vattlik simsiz quvvatlana oladi. Smartfonning old kamerasi ham, orqa panelidagi uchta datchigi ham 12 megapiksellik aniqlikda.

Xitoyda ushbu smartfon uchun allaqachon 3000 dollarlik narxda avvaldan buyurtma ochilgan. Samsung W21 5G bu yurtda ochiq savdoga 20 noyabrdan chiqadi, uning boshqa mamlakatlar bozorlariga yetkazib berilishi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Samsung 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega navbatdagi smartfoni ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.