Samsung yana Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlarini ham tayyorlabdi!

  •   DiMaX
  •  2652
  •  16.03.2018 13:39

Samsung yana Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlarini ham tayyorlabdi!

Janubiy koreyalik gigant o‘zining 2018 yildagi o‘rta narx toifasiga mansub Galaxy A turkumini A8 va A8+ modellari bilangina to‘xtatmas ekan. Kuni kecha Geekbench servisida uning Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlari haqida qaydlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy A8 va A8+ (2018): "Malika"da xush ko‘rdik!

Aytish kerakki, yangi modellar xususiyatlariga ko‘ra A8 hamda A8+ smartfonlarining soddalashtirilgan versiyasiga o‘xshab ketadi. Ammo ularga nisbatan arzonroq bo‘lgan bu modellar ham flagmanlarga xos «fishka»larga ega bo‘lish-bo‘lmasligi haqida hozircha biror nima deyish qiyin. Ya’ni, namdan himoya, ekran tomonlarining o‘zaro 18,5:9 nisbati, yupqa romlar va Galaxy S8 dizayniga xos boshqa dizayn elementlari Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlarida ham mavjudligi borasida hali ma’lumot yo‘q.

Ma’lum bulgani shuki, Galaxy A6 modeliga o‘tgan yilgi Galaxy A3 smartfonidagi kabi Exynos 7870 protsessori qo‘yiladi. Bu – sakkizta Cortex-A53 yadrosi hamda Mali-T830 MP1 protsessorini o‘zida jamlagan Samsung chipidir. Mazkur telefonning tezkor xotirasi 3 gigabayt hajmga ega. Mana, uning benchmarkdagi test natijalari quyida aks ettirilgan:

O‘QING: Hamyonbop Galaxy J3 (2018) hamda Galaxy J3 Pro 2018 smartfonlari Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Galaxy A6+ modeli esa Snapdragon 625 chipi bazasida ishlaydi, bu protsessor ham 1,8 GGs.gacha takt chastotasiga ega sakkizta yadroni birlashtirgan. «Plyusli» modelning tezkor xotirasi ham kattaroq – 4 gigabayt hajmli. Quyida uning Geekbench’dagi imtihoni natijalarini ko‘rishimiz mumkin:

Har ikkala smartfon ham Android operatsion tizimining so‘nggi – 8.0 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Samsung Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlarining qachon taqdim etilishi, bozorga chiqarilish vaqti va narxlari hozircha ma’lum emas. Bu boradagi yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!