Samsung yana reklama roligida iPhone’ni masxaralab, innovatsion dizaynli yangi smartfon ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1294
  •  31.05.2021 09:44

Samsung yana reklama roligida iPhone’ni masxaralab, innovatsion dizaynli yangi smartfon ko‘rsatdi

Yaqindagina janubiy koreyalik gigant o‘zining Galaxy S21 Ultra 5G flagmani kamera imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun tayyorlagan ikkita reklama roligini e’lon qilgan edik. Ularning har ikkalasida Samsung bu smartfonni eng zo‘r ayfon – iPhone 12 Pro Max bilan taqqoslab, raqibining zaifligini kalaka qilgan.

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining rasmiy YouTube kanalida umuman Galaxy qurilmalariga bag‘ishlangan yangi reklama roligini e’lon qildi. «Life opens up with Galaxy», ya’ni «Hayot Galaxy bilan birga ochiladi» deb nomlangan ushbu lavhada devor bilan o‘rab olingan bog‘ ham ko‘rsatilgan. Bu esa «olmali» kompaniya – Apple mahsulotlari, ya’ni iPhone smartfonlari hamda iOS operatsion tizimining cheklanganligi, yopiqligiga ishoradir. Butun video davomida Android tizimli Galaxy qurilmalarining ochiqligi namoyon etilgan.

Samsung fanatlarining fikricha, «Hayot Galaxy bilan birga ochiladi» shiori ochilib-yopiladigan (Galaxy Z Fold 2 hamda Galaxy Z Flip 5G kabi) smartfonlarga ishora qilingan. Ularning keyingi avlod vakillari 2021 yilning uchinchi choragida namoyish etilishi kutilmoqda.

Reklama roligining oxirrog‘ida esa Samsung hali rasman taqdim qilmagan sirli smartfon ham ko‘rsatib o‘tilgan. Uning qiyofasi Galaxy Z Fold 2 modeliga o‘xshasa-da, ekranida old kamera uchun tirqish yoki o‘yiq yo‘q. Aftidan, bu – namoyishi iyulda o‘tkaziladigan Galaxy Z Fold 3 bo‘lib, kompaniya uni «yashirin kamera» bilan jihozlamoqda.

O‘QING: Samsung ekranosti kamerali ilk devaysini ko‘rsatdi, lekin bu smartfon emas! (rasmiy video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.