Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

  •   DiMaX
  •  1228
  •  09.02.2021 12:28

Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

Yaqinda biz Samsung to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilayotgani haqida xabar bergan edik. Janubiy koreyalik texnogigant endi hamyonbop telefonlaridan yana to‘rttasiga eng yangi – Android 11 operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan proshivka tarqatyapti.

O‘QING: Galaxy M12 taqdim etildi: akkumulyatori ikkita iPhone 12 Pro’nikiga teng!

O‘tgan haftada beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llab-quvvatlamaydigan, ya’ni 4G versiyadagi Galaxy A51 modeli uchun proshivka tarqatilgan edi. Endi esa uning yanada ilg‘or versiyasi – Galaxy A51 5G smartfonlariga ham Android 11 asosli barqaror One UI 3.0 grafik qobig‘i bazasidagi apdeyt yuborila boshladi.

Yuqoridagi ikki qurilmadan tashqari, mazkur kompaniyaning yaxshi sotilayotgan yana ikkita smartfoniga ham One UI 3.0 proshivkasi tarqatilmoqda. Bulardan biri bultur aprelda taqdim etilgan o‘rta narxli Galaxy A71 5G modelidir (aslida uning 4G-versiyasi – oddiy Galaxy A71 smartfoni 2019 yilning dekabrida namoyish qilingan).

Yangi proshivkani qabul qilayotgan to‘rtinchi smartfon esa 2019 yilning yilning sentyabrida namoyish etilgan «avtonomlik monstri» – Galaxy M30s modeli bo‘ladi. Uning uchun M307FXXU4CUAG raqamli, hajmi deyarli 2 GB keladigan apdeyt hozircha Hindistondagi foydalanuvchilarga uzatilmoqda.

Dunyo bo‘ylab ushbu to‘rtta rusumdagi smartfonlarga Android 11 asosidagi barqaror One UI 3.0 proshivkalari bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Ularda operatsion tizim yangilanib, grafik qobiqning yangi imkoniyatlari qo‘shilishi bilan birga, yanvar oyidagi Android xavfsizlik patchlari ham keladi.

O‘QING: Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!