Samsung yangi buklanuvchi smartfon ishlab chiqarishi mumkin

Samsung yangi buklanuvchi smartfon ishlab chiqarishi mumkin

Hammaga ma’lumki, Samsung kompaniyasi Z Fold va Z Flip buklanuvchi smartfonlarini ishlab chiqaradi. Bu yil kompaniya ushbu qurilmalarning to‘rtinchi avlodini taqdim etishi kutilmoqda. 

Galaxy Club manbasining bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya uchinchi turdagi buklanuvchi smartfonni ishlab chiqarishi mumkin. 

Manba smartfonlarning B4, Q4 va N4 kod nomlariga ko‘ra ushbu xabarni bermoqda. O‘tgan yilgi Z Fold3 modelining kod nomi B3, Z Flip3 modeliniki esa Q3 edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, N4 boshqa bir buklamafonning kod nomi hisoblanadi. 

Manba, shuningdek, yangi buklamafon qolgan ikki model kabi katta hajmda ishlab chiqarilmasligini ta’kidlamoqda. Bir necha yildan buyon Samsung tomonidan turli xil form-faktoridagi buklanuvchi smartfonlar patetlangan. N4 kod nomidagi buklamafon ham o‘zgacha dizaynida bo‘lishi va cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Android 12 qabul qilgan Galaxy smartfonlari 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.