Samsung yangi flagman buklamafonini 4 noyabrda taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  433
  •  31.10.2020 11:07

Samsung yangi flagman buklamafonini 4 noyabrda taqdim etyapti!

O‘tgan yili Samsung kompaniyasi Galaxy Fold rusumli buklama smartfon taqdim etgan, keyinroq esa unga o‘xshash Samsung W20 5G modeli ham chiqqan edi. Ishlab chiqaruvchining rasmiy e’loniga ko‘ra, 4 noyabr uni uning izdoshi chiqadi.

O‘QING: 2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi xalqi qashshoq yurtda bir kundayoq sotilib ketdi!

Yangi buklama smartfon Samsung W21 5G deb nomlanmoqda va u Galaxy Z Fold 2 modeliga o‘xshaydi. Texnik jihatlariga ko‘ra undan farq qilmasa-da, yangi qurilma oldin qo‘llanmagan tilla rangli korpusda ham taqdim etiladi.

Samsung W21 5G korpusining o‘lchamlari 128,2x159,2x6,2 millimetrga, vazni esa 288 grammga teng. Uning tashqi ekrani diagonaliga 6,23 dyuymlik, tasvir aniqligi esa razresheniyem 816x2260 piksellikdir. Ichkari displey o‘lchami bo‘lsa 7,53 dyuymni tashkil etadi va u 2208x1768 piksellik aniqlikda tasvir uzata oladi. Smartfonning barcha kameralari 12 megapiksellik aniqlikda.

Yangi buklamafon ikkita akkumulyatorga ega va ulardan birining tok sig‘imi 2090, ikkinchisiniki bo‘lsa 2160 mA/soatlik. Smartfonga 25 vattlik tezkor quvvatlanish texnologiyasi tatbiq etilgan. Samsung bu qurilmasini Qualcomm kompaniyasining ayni damdagi flagman protsessori – 3,09 GGs takt chastotali Snapdragon 865 Plus bazasida tayyorlagan. Samsung W21 5G modelining tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 12 va 512 gigabaytlik hajmga ega.

O‘QING: Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!