Samsung yangi flagmanlarining taqdimot kunini e’lon qildi! (+rasmiy video)

  •   DiMaX
  •  1753
  •  06.01.2020 09:52

Samsung yangi flagmanlarining taqdimot kunini e’lon qildi! (+rasmiy video)

Janubiy koreyalik texnogigant yilning boshidanoq Galaxy S10 Lite hamda Galaxy Note 10 Lite modellarini namoyish etgan edi. Endi esa navbat flagman smartfonlari turkumiga keldi.

O‘QING: Ha, navbatdagi Galaxy'lar haqida adashmagan ekanmiz!

Kecha, 5 yanvar kuni kompaniya saytida e’lon qilingan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu yilgi Samsung Galaxy Unpacked tadbiri 11 fevral kuni, AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadi. Samsung Electronics shu kuni «mobil innovatsiyalarning keyingi o‘n yilligini belgilab beruvchi qurilmalar»ni taqdim etishini aytib maqtanmoqda.

Mana, rasmiy videoga nazar solamiz:

Samsung Galaxy Unpacked mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boshlanadi, Toshkent vaqti bilan esa bu 12 fevralga o‘tadigan tunning qoq yarmiga to‘g‘ri keladi. Xohlovchilar uni https://samsung.com/ru/ manzili orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatishlari mumkin.

Navbatdagi flagmanlar sanoq bo‘yicha Samsung Galaxy S11 emas, balki Samsung Galaxy S20 deb nomlanishi haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, Samsung bu tadbirda yana Galaxy Fold 2 buklamafonini ham ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘QING: Rivojlangan davlat aholisi qaysi kompaniyalar smartfonini ishlatmoqda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!