Samsung yangi Galaxy Buds quloqchinlarini taqdim etadi

Samsung yangi Galaxy Buds quloqchinlarini taqdim etadi

Samsung avgust oyining o‘ninchi sanasida Unpacked tadbirini o‘tkazdi. Unda kompaniya Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 buklanuvchi smartfonlarni taqdim etadi. Taqdimotda, yangi quloqchin ham taqdim etilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning nomi Galaxy Buds2 Pro yoki Galaxy Buds Pro 2 bo‘ladi. 

Insayder Max Jamboor bergan ma’lumotlarga ko‘ra, quloqchinlar ishlab chiqarilishni boshlagan. SnoooyTech insayderi esa yangi naushniklar uch xil: Zenith White, Zenith Bora Purple va Zenith Graphite ranglarda bo‘lishi haqida ma’lumot bermoqda. 

Samsung 2021 yil yanvarida Galaxy Buds Pro quloqchinlarini taqdim etgan edi. Oddiy modelga qaraganda Pro modelga kattaroq akkumulyator qo‘yilgan hamda u quloqda yaxshiroq o‘rnashib turadi. 2021 yilning avgustida esa kompaniya Galaxy Buds2 modelini taqdim etdi. Bu Pro modeldan biroz arzonroq narxda sotuvga chiqan. 

Ushbu yilda Samsung endi Galaxy Buds Pro'ning ikkinchi avlodini taqdim etadi. 

O‘QING: Galaxy Z Flip 4 jonli suratlarda!