Samsung "Galaxy F" smartfon turkumini joriy qiladi

Samsung

Jahon miqyosida Samsung smartfonlariga bo‘lgan talabning tushib ketayotgani Janubiy koreyalik smartfon ishlab chiqaruvchi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Kompaniya bozordagi nufuzini tiklash uchun smartfon modellari turkumini yangilashga qaror qilgan.

Samsung shu kunlarda hamyonbop turkumlariga qayta tartib berishga kirishgan. Shu bilan birga, yangi "Galaxy F" turkumida esa «super-high-end», ya’ni eng yuqori jihatlarga ega flagmanlar taqdim qilinadi.

"Galaxy F" turkumiga mansub smartfonlar shu kungacha "Galaxy S" hamda "Galaxy Note" turkumida taqdim qilingan flagman turkumlarini birlashtiradi. Shu bilan birga, yangi smartfonlar turkumiga ilg‘or va tajribaviy yondashuvlar ham tatbiq qilinishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!