Samsung yangi Galaxy F13 modelini taqdim etadi

Samsung yangi Galaxy F13 modelini taqdim etadi

Hindistondagi Flipkart onlayn riteyleri Samsung Galaxy F13 modelining tizerlarini taqdim etdi. Tizerda smartfonning texnik ko‘rsatkichlari va taqdimot namoyishi haqida ma’lumot berilgan. 

Qurilma iyun oyining 22 sanaaida taqdim etiladi. Gadjet FullHD+ rezolyutsiyadagi LCD displey va 15 vattda quvvat oluvchi 6,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Galaxy F13 modeli 8GB tezkor xotira va virtual xotira vazifasini bajaruvchi RAM Plus funksiyasiga ega. 

Flipkart taqdim etgan suratlardan smartfonda 3.5 mm audio jek, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri va USB-C porti borligini ko‘rish mumkin. 

Riteyler smartfon qaysi chipda ishlashi haqida ma’lumot bermadi. Biroq bundan avvalroq Geekbench qurilma Exynos 850 chipi bilan jihozlanganligi haqida ma’lumot bergan edi. 

Galaxy F13 avvalroq taqdim etilgan Galaxy M13 modelining biroz o‘zgargan versiyasi bo‘lishi ham taxmin qilinayotgan edi. M13 modeli 4GB tezkor xotira va 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlan edi. 

O‘QING: Poco F4 va X4 GT smartfonlari chiqmoqda