Samsung yangi o‘lchamlar bilan Z Fold4'ning tashqi ekranidan foydalanishni osonlashtirmoqchi

Samsung yangi o‘lchamlar bilan Z Fold4'ning tashqi ekranidan foydalanishni osonlashtirmoqchi

Galaxy Z Fold3 ajoyib buklanuvchi smartfon, ammo undagi tashqi ekranning o‘rtiqcha uzunligi sabab, smartfonda matn yozish bir muncha qiyinchilik tug‘diradi. 

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung ushbu muammoni Z Fold4 modelida bartaraf etmoqchi. Quyida Galaxy Z Fold3 va yangi Z Fold4 buklamafonlari uchun chiqarilgan g‘ilof suratlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ko‘rib turganingizdek, yangi Z Fold'ning korpus hajmi yon tomonga qarab kengaygan. Shuningdek, tashqi ekranning uzunlik darajasi ham qisqargan. 

Albatta, biz bu suratlar haqiqatan ham Z Fold4 korpusini tasvirlaganiga amin bo‘la olmaymiz. Agar ushbu suratlar aniq Z Fold4'ning g‘ilofi bo‘lsa, Samsung haqiqatdan ham yangi modelning tashqi ekranidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilagan bo‘ladi. 

Ekrandan tashqari boshqa jihatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ikkila g‘ilofning kamera modullari bir-biriga o‘xshash ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Biroq kameraning texnik ko‘rsatkichlari bu g‘iloflar bilan belgilab bo‘lmaydi.

O‘QING: Galaxy M13 smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!