Samsung yangi «o‘lmas» smartfonini sertifikatladi, lekin...

  •   DiMaX
  •  831
  •  01.03.2021 12:49

Samsung yangi «o‘lmas» smartfonini sertifikatladi, lekin...

Samsung yangi «o‘lmas» smartfonini sertifikatladi, lekin...

Janubiy koreyalik texnogigant 2019 yilning boshida Galaxy Xcover Pro nomli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfonini namoyish qilgan edi. Kompaniya endi korpusi mustahkam himoyalangan Galaxy Xcover 5 smartfonini tayyorlagani haqida bir necha xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Ushbu qurilma Bluetooth SIG sertifikatsiyasidan o‘tdi va shunda uning ba’zi texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi. Ma’lumotlar bazasidagi qaydlarga ko‘ra, uning oddiy versiyasi SM-G525F, ikkita SIM-kartali versiyasi esa SM-G525F_DS model raqamiga ega:

Shu paytgacha turli xabarlarda Galaxy XCover 5 smartfonining beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlashi aytilib kelayotganedi. Lekin ushbu qurilmaning faqat LTE-varianti Bluetooth SIG sertifikati olgan. Kim biladi, balki shu modelning 5G-versiyasi ham bo‘lar. Bu orada xitoyliklar undan zo‘rini tayyorlab ulgurishgan...

O‘QING: Birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfon eng kuchli protsessorga ham ega!

Shu bilan birga, ishonchli insayder Evan Blass (Evan Blass) yetakchi smartfonsozning Galaxy XCover 5 modeli render suratini e’lon qildi. Unda aks etgan devaysning ekrani qalin romga hamda old kamera uchun yakka datchikka ega:

Sizib chiqqan xabarlarga qaraganda, Samsung Galaxy XCover 5 o‘lchami diagonaliga 5,3 dyuymlik, tasvir aniqligi 1600x900 piksellik (HD+ formatli) displey bilan jihozlanmoqda.

«O‘ldirib bo‘lmas» smartfon Exynos 850 protsessoriga va 4/64 GBlik xotiraga, tegishlicha 16 va 5 megapiksellik bosh va old kameralarga ega. Uning akkumulyatori 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega va USB-C porti orqali 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!