Samsung yangilangan Galaxy A (2016) smartfonlari haqida rasman ma’lum qildi

Samsung yangilangan Galaxy A (2016) smartfonlari haqida rasman ma’lum qildi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy A (2016) toifasidagi yangilangan, dizaynerlarning yangicha qarashlari bilan boyitilgan smartfonlar haqida rasmiy ma’lumot berdi.

Galaxy A7 va Galaxy A5

Samsung Galaxy A7 smartfoni 5,5 dyuymli ko‘rsatish qobiliyati 1920x1080 piksel bo‘lgan Super AMOLED displey bilan ta’minlangan. Unga sakkiz yadroli protsessor(1,6 GGs takt chastotali), 3 GB tezkor xotira va 16 GB doimiy xotira va o‘z navbatida bu ko‘rsatgichni yanada oshirish uchun Micro SD o‘rnatilgan. Foto va video tasvir ixlosmandlari uchun 13-megapiksel optik barqarorlashtiruvchi asosiy va 5-megapiksel frontal kamera “xizmatda”.

Akkumulyator quvvati 3300 mAs. Galaxy A7 ning umumiy o‘lchami 151,5×74,1×7,3 mm, vazni 172 gramm.

Nisbatan ixcham apparat tavsifi deyarli o‘xshash. Asosiy farqi displey dioganalida— Galaxy A5 smartfoni 5,2-dyuymli displeyga ega. Tekor xotira hajmi 2 GB va akkumulyator quvvati 2900 mAs. Qurilmaning o‘chlami 144,8×71,0x7,3 mm, vazi 155 gramm.
Ikkala smartfon ham ikki SIM-kartali va LTE Cat.6 ni tarmoqda qo‘llay oladi.

Galaxy A3

Mazkur toifaga mansub eng oddiy apparat va u 4,7-dyuym displey (HD), 1,5 GGs takt chastotali 4 yadroli protsessor, 1,5 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira (+Micro SD), 13-megapiksel asosiy va 5-megapiksel frontal kameraga ega.

Akkumulyator quvvati 2300 mAs. 4G ni tarmoqda qo‘llay oladi. O‘lchami 134,5×65,2×7,3 mm. Vazni 132 gramm.

GALAXY A (2016)

Mazkur toifadagi barcha qurilmalar Android 5.1 Lollipop boshqaruvi ostida ishlaydi va har birida NFC moduli mavjud. Kompaniya yangi smarftonlarni 2016 yilning yanvar oyida savdoga chiqarishni rejalashtirilgan va narxlarni ham tez orada ma’lum qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!