Samsung'da jinoyatchilar yig‘ilgan(mi?)

Samsung'da jinoyatchilar yig‘ilgan(mi?)

Reuters axborot agentligining xabar qilishicha, Samsung direktorlar kengashi raisi Li Seng-hun kasaba uyushmasi faoliyatiga aralashganlikda ayblanganidan ikki oy o‘tib, o‘z lavozimidan bo‘shadi.

Li Seng-hun

Bosh ijrochi direktor va direktorlar kengashi raisi vazifalarini taqsimlash orqali kompaniyada shaffoflikka erishish maqsadida Li Seng-hun ikki yil oldin hozirgi lavozimiga tayinlangan edi.

Mehnat huquqlarini buzganligi uchun Seng-hunga dekabr oyida bir yarim yil muddatga qamoq jazosi tayinlangan. Seng-hun yana qator jinoyatlarda ayblanmoqda.

Oxirgi paytlarda Samsung rahbarlari hukumat bilan muammoli vaziyatda qolmoqda. 

Jey Y. Li

 

Kompaniya raisi o‘rinbosari Jey Y. Li sudda yolg‘on ma’lumot berish, kompaniya mablag‘larini o‘zlashtirish va poraxo‘rlik kabi jinoyatlar bilan ayblanib, 2017 yilda bir muddat qamoq jazosini o‘tagan edi. Jey Y. Li ham ayni damda qayta sudlanish arafasida turibdi.

Kompaniya vitse-prezidenti Keng Kyung-hun ham kasaba uyushmasi faoliyatiga aralashgani bois 16 oyga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan. 

O‘QING: Samsung Galaxy A71 va A51 haqida yaxshi yangilik bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!