Samsung’dagi sotqinlar: Xitoyga josuslik qilgan xodimlar hibsga olindi

  •   DiMaX
  •  745
  •  11.08.2020 16:49

Samsung’dagi sotqinlar: Xitoyga josuslik qilgan xodimlar hibsga olindi

Samsung Display kompaniyasining ikki nafar tadqiqotchisi hamda unga hamkor kompaniyaning bir xodimi qo‘lga olindi. Ular Xitoy foydasiga josuslik qilishda ayblanmoqda.

O‘QING: Xiaomi rahbari «o‘z kompaniyasiga xiyonat» bilan qo‘lga tushdi!

Hibsga olingan shaxslarning kimligi ma’lum qilinmagan, faqat ulardan biri 46, ikkinchisi esa 37 yoshda ekanligi aytilmoqda. Janubiy koreyalik texnogigantga millionlab dollar zarar yetkazganlikda ayblanayotgan bu ikkovlon ham kompaniyada mas’ul lavozimlarda bo‘lishgan. Uchinchi shaxs esa Samsung hamkori – uning uchun jihozlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning direktoridir.

Bu yerda gap OLED-panellarni ishlab chiqarishda Samsung qo‘llaydigan purkovchi bosma texnologiyasi haqida ketyapti. Mazkur usul OLED-televizorlar ishlab chiqarish tannarxini taxminan 20 foizga pasaytiradi. Hibsga olinganlar Samsung Display o‘tgan yilning ikkinchi yarmidan qo‘llay boshlagan ushbu jarayon xususiyatlarini xitoyliklarga sotishgan.

Shuningdek, ular bilan til biriktirgan, nomi aytilmayotgan Xitoy kompaniyasining ikki nafar yuqori lavozimli xodimi ham qo‘lga olingan.

Aytish kerakki, bu – mazkur kompaniya xodimlarining raqobatchilar foydasiga josuslik qilishi bo‘yicha aniqlangan birinchi jinoiy holat emas. Masalan...

O‘QING: Samsung’ning «orqasidan pichoq urishdi»: «milliy boylik»ni xitoyliklarga sotgan to‘qqiz kishiga jinoiy ish ochildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.