Samsung'dan 200MP kamerali smartfon!

Samsung'dan 200MP kamerali smartfon!

Samsung o‘tgan 2021 yilning oxirida smartfonlar uchun ISOCELL HP1 nomli o‘zining birinchi 200MP kamera sensorini taqdim qilgan edi, lekin shu kungacha hali hech qaysi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya ushbu sensordan o‘z smartfonida foydalashga jur’at qila olgani yo‘q. Janubiy Koreya kompaniyasining o‘zi esa o‘zining Ultra modeldagi smartfonlari uchun uch yildan beri faqat bir xil 108MP kamera sensoridan foydalanib keladi. Biroq, so‘nggi yangiliklarga qaraganda Samsung vanihoyat bu "an’ana"ni yopadiganga o‘xshaydi.

Koreyaning ETNews nashrining xabar berishicha, Samsung Electronics mobil qurilmalar bo‘limi va Samsung Electro-Mechanics kameralar yig‘ish diviziyasi 200MP kamera sensorining yaxshilangan versiyasi ustida ishlashni yakunlash arafasida turibdi. Yangi versiyada aynan nimalar o‘zgargani no‘malum, lekin ISOCELL HP3 ekanligi aytilayotgan bu sensordan Samsung o‘zining 2023 yilda taqdim qiladigan Galaxy S23 Ultra smartfonida foydalanishi mumkin deya xabar qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, yangi sensor ikkala bo‘limlar tomonidan ham ishlab chiqariladi va bunda Samsung Electronics mahsulotning 30% qismini, Samsung Electro-Mechanics esa qolgan 70% qismini tayyorlaydi.

200MP kamera sensorining Galaxy S23 Ultra smartfonida qo‘llanilishi kompaniyaning oxirgi ham, rasmiy ham qarori emas, lekin hozircha shunday bo‘lishi kutilmoqda va bu Samsung 200MP kamera sensoridan o‘zining smartfonida foydalanishi haqida eshitilgan ilk xabar emas. O‘tgan yili ham kompaniya o‘zining Galaxy S22 avlodi uchun Olympus kompaniyasi yordamida ana shunday sensor bilan chiqarilishi aytilgan edi, biroq bu amalga oshmadi. Shuningdek, Samsung 200MP kamera sensoriga mobil qurilma chiqarishi kutilayotgan birinchi kompaniya ham emas. Yaqinda Motorola kompaniyasining hali taqdim qilinmagan Frontier nomli smartfoni Samsung'ning ISOCELL HP1 200MP kamera sensori bilan jonli suratlarda tarqatib yuborilgan edi. Bundan tashqari, bir necha kun oldin Nokia kompaniyasi ham ana shunday megapikselli kamera chiqarishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

O‘QING: Galaxy Z Flip raqobatchisi jonli suratlarda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!