Samsung'dan iPhone'chilarga atalgan navbatdagi reklama roligi

Samsung'dan iPhone'chilarga atalgan navbatdagi reklama roligi

Samsung kompaniyasi "iPhone'chilar mamlakati", Amerikani o'z smartfonlari bilan egallashni niyat qilgan ko'rinadi – kompaniyaning mamlakatdagi YouTube sahifasiga Apple muxlislariga qaratilgan navbatdagi reklama roligini joylandi. U avvalgisining davomi bo'lib, videoda ikki gigant smartfon ishlab chiqaruvchilaridan qaysi birining tomoniga o'tishga ikkilanib, devor ustida o'tirgan yigitni ko'rishingiz mumkin. Samsung tomondagi Galaxy Z Flip 4 foydalanuvchisi esa uni o'z tomoniga chorlaydi.

Reklamada Samsung yana Apple'ni hali buklamafon chiqarmaganligidan foydalanib, uning muxlislarini o'ziga og'dirib olishga harakat qilayotganligini sezishingiz mumkin. Ta'kidlash joizki, hozirda dunyodagi barcha taniqli smartfon ishlab chiqaruvchilari portfoliosida hech bo'lmasa bitta buklamafon mavjud, biroq birgina Apple ular qatorida emas. Kupertinolik kompaniya 2024-yilda buklanadigan smartfon taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: App Store do‘koni iOS uchun ilovalar yuklab olinadigan yagona maskan bo‘lib qolmaydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.