Samsung'dan navbatdagi syurpriz - kompaniya yana bir qurilmani sotuvga chiqarishni kechiktirmoqda!

Samsung'dan navbatdagi syurpriz - kompaniya yana bir qurilmani sotuvga chiqarishni kechiktirmoqda!

G‘aroyib “bukilmafon”ning sarguzashtlari unutilib ulgurmasidan, kompaniya yana “qovun tushurdi”. Gap shundaki, Galaxy Home aqlli kolonkasi bilan bog‘liq qandaydir muammo yuzaga kelgan.

Bu ancha kutilmagan holat, chunki kompaniya ushbu qurilmani o‘tgan yilning avgustidayoq namoyish qilib, ushbu yilning aprel oyida sotuvga chiqarishni rejalashtirgandi. Aprel oyi o‘tib bo‘ldi, ammo qurilmani sotib olish imkoniyati haligacha mavjud emas. Sotuvlar boshlanishining aniq sanasi aytilmayapti. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yilning birinchi yarmi yakuniga qadar mahsulot do‘kon taxtachalaridan joy oladi.

Kechikish sababi aytilmagan, katta ehtimol bilan bu ovozli yordamchidagi muammo bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Galaxy Home o‘zining ilk variantida Apple HomePod'ga o‘rnatilgan Siri'ga ko‘plab jihatlari bilan mag‘lub bo‘luvchi Bixby ovozli yordamchisiga tayangan holda ishlardi. Tanqidchilar esa o‘zlarining tavsiflarida ushbu kamchilikni albatta aytib o‘tishi va bu holat bir qancha shov-shuvlarga sabab bo‘lishi kundek ravshan edi. Shundoq ham so‘nggi vaqtlarda muammolari yetarli bo‘lib turgan kompaniya uchun shu ham oshiqcha. Shuning uchun, ishlab chiqaruvchi alternativ variant sifatida Galaxy Home'ni Google Assistant ovozli yordamchisi bilan uyg‘unlashtirish payiga tushganini tahmin qilish mumkin.

Darvoqe, turli rusumlardagi Samsung telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Samsung ham «aqlli» kolonka ishlab chiqarishini tasdiqladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!