SamsungGalaxy S7 smartfonida Sony kamerasi?!

SamsungGalaxy S7 smartfonida Sony kamerasi?!

Gap-so‘zlarga qaraganda, SamsungGalaxy S7 flagmani 20 megapikselli ISOCELL sensor asosidagi kameraga ega bo‘ladi. Biroq, ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Sony IMX300 yangi modeli koreyaliklarni shunday maxliyo qilganki, ular Sony kamerasiga “oshiq bo‘lgan”.

Sony IMX300 kamerasi Xperia Z5 seriyali smartfonlarida qo‘llanilmoqda. Mazkur fotomodul DxOMark fotoresurslari reytingida yuqori baho olib, “eng yaxshi mobil kamera” yo‘nalishini boshqarib turibdi. Sony hozircha bu muvaffaqiyatini hech bir kompaniya bilan baham ko‘rish niyati yo‘qligini bildirgan bo‘lsa-da, Samsung bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani to‘g‘risida mish-mishlar bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sony IMX300 ko‘rsatish imkoniyati 25 megapiksel, biroq 16:9 formatida 23 MP va 4:3 formatida 21 MPga kamayadi. Kameradagi bunday turfa xillikka Samsung rozi bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki Galaxy S7 smartfoni ISOCELL-sensori 20 megapikselga mo‘ljallangan.

Elatib o‘tamiz, DxOMark ekspertlari Xperia Z5 yapon flagmanining foto imkoniyatlarini yuqori baholab, unga 87 ball bergandi. Bunday yuqori ball bilan reytingda uzoq vaqt yetakchilik qilgan SamsungGalaxy S6 edge hamda HuaweiNexus 6P va LG G4 smartfonlarini ham ortda qoldirdi.

Xperia Z5 smartfoni kamerasining asosiy ustunliklari: avtofokus, har qanday holatda oq rangga yaxshi moslashish, a’lo darajadagi ranglar uzatmasi, chaqnoqning yetarli darajadagi “ishi” va fotoda shovqinning nisbatan kamligi va yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda qoniqarli natija.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!