Samsung'larga Android 10 qachon yetib keladi?

Samsung'larga Android 10 qachon yetib keladi?

Google Android 10 platfomasini Pixel'larda rasman taqdim qilib bo‘ldi. Boshqa kompaniyalarning Android qurilmalari foydalanuvchilari o‘zlarining telefoniga Android 10 qachon kelishiga qiziqayotir. Ilgarilari, bunday relizlar borasida Samsung ilg‘or edi, biroq bu yil vaziyat (biroz) o‘zgargan ko‘rinadi.

Relizlar vaqtini "muntazam kuzatib boruvchi" manbalarning xabar berishicha, koreyslar Galaxy Note 10 va S10 oilasi flagmanlari uchun Android 10'ning beta talqinini keyingi oy oxiriga qadar (AQSh va ba’zi Yevropa davlatlari foydalanuvchilari uchun) taqdim qiladi.

Yana o‘tmishga nazar tashlasak, eng so‘nggi reliz taqdim qilingunga qadar bir necha turdagi beta versiyalar taqdim qilinishini kutsak bo‘ladi. 

O‘tgan yili, Pie'ning Galaxy S9 uchun mo‘ljallangan beta versiyasi noyabrda jo‘natilgan bo‘lsa, barqaror reliz 25 dekabrda chiqarilgan. Agar Samsung bu yil ham xuddi shunday yo‘l tutsa, yangi platrfomaga dekabr boshlarida ega bo‘lishimiz mumkin bo‘ladi. 

E’tibor bering, bu yerda keltirilgan ma’lumotlar ishonchli manbalardan olingan bo‘lsa ham, baribir norasmiy hisoblanadi.

O‘QING: One UI 2.0 haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi