Samsung'ning 108MP kamerasi taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Samsung'ning 108MP kamerasi taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Smartfonlardagi Quad Bayer filter kamerasi sensorilaridan hali uzoq muddat foydalaniladi.

Oxirgi paytlarda 48 megapikselli kameralar ham smartfonlarga o‘rnatila boshlangan ekan, Realme va Redmi bu poygada o‘zib ketishga harakat qilmoqda. Tez fursatlar ichida bu ikki kompaniya 64MP kamera modullarini taqdim qiladi, biroq raqobat shu bilan to‘xtab qolmaydi.

Samsung kompaniyasining kameralarga ixtisoslashgan bo‘limi 12-avgust sanasida 108 megapikselli datchikni taqdim qiladi. O‘tgan oyda ushbu sensor 2020-yilgi smartfonlarga o‘rnatilishni boshlashi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo Samsung bu orada ortga surilishlarni xohlamagan ko‘rinadi. Bir necha kun oldin taniqli insayderlardan biri kompaniyaning ichki taqdimotidan prezentatsiyani ochiqladi. Unda Samsung'ning ushbu ISOCELL sensori birinchi bo‘lib Xiaomi devaysiga o‘rnatilishi aytilgan. Bu qurilma bir necha oy ichida (taxminan, oktyabrda) taqdim qilinishi kutilayotgan Mi Mix 4 smartfoni bo‘ladi. 

Xiaomi'ning taqdimot an’analariga asoslanib qilingan insayderlar taxmini o‘zini oqlasa, 108 megapikselli dunyodagi birinchi smartfon shu yildan kechikmasdan namoyish qilinadi. Yana boshqa tafsilotlar 2 kundan keyin rasman ma’lum bo‘ladi. 

108 megapikselli sensor tasvirlarni piksel binning (tasvir sifatini oshirish uchun bir necha pikselni birlashtirish) usulidan foydalanib, 27 megapikselli rezolyusiyada oladi. Biroq rostdan ham 108 MP'da (bunda rezolyusiya aqlni shoshiradigan kattalikda: 12032x9024 bo‘ladi) tasvir hosil qilsa bo‘ladimi yo‘qmi, bu hozircha noma’lum. Agar Pro rejimi orqali buning imkoni bo‘lgan taqdirda ham, bunday katta rezolyusiyada tasvir hosil qilish hozircha maslahat berilmaydi. Sababi Quad Bayer sensorlari o‘z rezolyusiaysining 1/4 kattaligida rasmga olishga muxandislashtirilgan bo‘lib, detallarni oshirish uchun to‘rtta pikselni bittaga aylantiradi.

O‘QING: 64 megapiksellik kamerali ilk smartfonni Samsung chiqarmoqchi edi, lekin...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.