Samsung'ning 5,000 mAs akkumulyatorli navbatdagi hamyonbop smartfoni bilan tanishing

Samsung'ning 5,000 mAs akkumulyatorli navbatdagi hamyonbop smartfoni bilan tanishing

O‘tgan oydan buyon Galaxy A02 smartfoni haqida mish-mishlar tarqalib kelmoqda. Qurilma hozirga qadar bir necha sertfikatga ega bo‘ldi. Shulardan eng so‘nngisi Lotin Amerikasining CPQD sertifikatidir.

Bu haqda SamMobile nashri xabar bermoqda.

CPQD veb-satidagi ma’lumotlarga ko‘ra, SM-A02/DS model nomiga ega bo‘lgan Galaxy A02 smartfoni HQ-50s model kodli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Doimiy hajmi 5,000 mAs, nominal hajmi esa 4,800 mAs bo‘lgan bu akkumulyator TUV Rheinland listingida e’lon qilingan.

Galaxy A02 smartfonlari ba’zi bozorlarda Galaxy M02 sifatida sotilishi kutilmoqda. Geekbench testida ham ko‘rinish bergan smartfon 3GB tezkor xotira va Qualcomm chipseti (ehtimol, Snapdragon 450) bilan jihozlanadi.

Geekbench ma’lumotlar ba’zasida Galaxy A02'ning boshqa xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan bo‘lsada, mish-mishlarga ko‘ra, 5,7" HD displeyiga ega bu smartfonlar jami uchta kamerali bo‘ladi: 8MP frontal; 2MP sath, 13MP asosiy.

Samsung'ning o‘zi Galaxy A02 smartfonlari haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Biroq bu lineykadagi ilk smartfon Galaxy A01'ning o‘tgan yili dekabr o‘rtalarida e’lon qilinganligidan kelib chiqib taxmin qilish mumkinki, koreys texnogiganti Galaxy A02'ni bu ham xuddi shu vaqtda e’lon qilishi ehtimoli bor.

O‘QING: Yangi hamyonbop – 7000 mAh batareyali Samsung smartfonini har tomonidan tomosha qilamiz!