Samsung’ning arzon «megamonstr»iga One UI Core 2.1 proshivkasi kela boshladi

  •   DiMaX
  •  1473
  •  17.09.2020 17:51

Samsung’ning arzon «megamonstr»iga One UI Core 2.1 proshivkasi kela boshladi

Janubiy koreyalik gigant fevralda «megamonstr» deya maqtay-maqtay Galaxy M31 smartfonini taqdim etgan edi. Lekin aprel oyida uning uchun tizim yangilanishlari kelganida, jiddiy muammolar kelib chiqqan edi...

O‘QING: Samsung rosa maqtagan arzon smartfon «g‘isht»ga aylanib qolyapti!

Shu kunlarda Samsung Galaxy M31 uchun yangi proshivka tarqatila boshladi. Jamlanma raqami M315FXXU2ATI4 bo‘lgan ushbu dasturiy ta’minot 1.62 gigabayt hajmga ega.

Yangi proshivka sentyabrdagi xavfsizlik patchlarini hamda One UI Core 2.1 grafik qobig‘ini o‘z ichiga olgan. Bu – standart One UI 2.1 grafik qobig‘ining soddalashtirilgan versiyasi bo‘lib, unga ko‘plab foydali o‘zgarishlar ham kiritilgan.

Masalan, dasturchilar unda to‘yrang mavzuni o‘zgartirishgan: unda ranglar va matnning aks etishi yaxshilangan. Shuningdek, smartfonni bitta qo‘l bilan boshqarish rejimi, ishora bilan boshqarish tizimiga esa yangi ishoralar qo‘shilgan. Yangi proshivkada Digital Wellbeing funksiyasi, yana akkumulyator haqida batafsil ma’lumotlar va boshqa bir qator foydali o‘zgarishlar mavjud.

Dunyo bo‘ylab Galaxy M31 smartfonlariga yangi proshivka bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Birinchi to‘lqinda Tailand, Vetnam va Filippindagi smartfonlar yangilanyapti, qolgan hududlarga esa apdeyt endi yetib keladi.

O‘QING: Samsung taqdim etmasidanoq Galaxy F41 arzon kamerofonining rasm va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!