Samsung’ning arzon va kvadrokamerali «avtonomlik monstri» ilk rasmiy suratlarda

  •   DiMaX
  •  509
  •  12.06.2021 09:43

Samsung’ning arzon va kvadrokamerali «avtonomlik monstri» ilk rasmiy suratlarda

Dunyodagi yetakchi smartfonsoz Galaxy M32 rusumli yangi modelini apreldayoq Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan edi. O‘shanda uning ayrim texnik xususiyatlari oshkor bo‘lgan, lekin Samsung hanuz mazkur gadjetini taqdim etganicha yo‘q. Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha...

O‘QING: Navbatdagi Samsung «avtonomlik monstri»ning ojiz nuqtasi – aynan akkumulyatorida!

Endi bo‘lsa Galaxy M32 smartfonining birinchi rasmiy suratini hindistonlik ishonchli insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) e’lon qildi. Unga ko‘ra, Samsung bu mahsulotini kamida mana shu ikkita rangdagi korpuslarda chiqaradi:

Mazkur smartfonning akkumulyatori naq 6000 mA/soatlik bo‘lsa-da, atigi 15 vattlik tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega bo‘lishini aytishmoqda. Ya’ni, bunaqa tezlikda sig‘imdor batareyani to‘ldirish birmuncha uzoq vaqt talab qiladi.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Bundan tashqari, Ishan Agarval boshqa bir tvitida mazkur modelning ayrim texnik xususiyatlarini ham sanab o‘tgan. Unga ko‘ra, Galaxy M32 apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio G85 protsessori tashkil etadi.

Galaxy M32 diagonaliga 6,4 dyuymlik, tasvir o‘lchami Full HD+ formatli Super AMOLED displey bilan ta’minlamoqda. Uning kvadrokamerasi 48 + 8 + 5 + 5 megapiksellik modullarni o‘z ichiga oladi. Selfi uchun esa displey kemtigiga 20 megapiksellik sensor o‘rnatilmoqda. Samsung uni 4 va 6 gigabaytlik tezkor, 64 hamda 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega variantlarda taklif etadi.

Manbalarning yozishicha, Galaxy M32 shu iyun oyidayoq Hindistonda taqdim etilib, 200 AQSh dollaridan boshlanuvchi narxlarda sotuvga chiqadi. Samsung o‘z an’anasiga amal qilib, uni keyinroq boshqa mamlakatlar bozorlariga ham taqdim etishi mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.