Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  2083
  •  23.02.2021 10:00

Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!

Smartfonsozlarning nufuzini belgilaydigan omillardan biri – o‘z mobil qurilmasini uzoq muddatga operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlari bilan ta’minlab borishidir. Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilashga kirishgan edi.

O‘QING: O‘n xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasi kela boshladi!

Umuman, Samsung o‘zining telefonlariga ikki yilgacha Android yangilanishlarini, uch yilgacha esa xavfsizlik yangilanishlarini tarqatib kelmoqda. Endi esa u bu borada yanada ilgarilab ketdi: mazkur ishlab chiqaruvchining smartfon va planshetlari to‘rt yilgacha xavfsizlik patchlari bilan ta’minlanadi!

Buning ustiga, gap faqat flagman yoki yangi modellar haqida ketmayapti – deyarli barcha Samsung mobil qurilmalari to‘rt yilgacha yangilanib turadigan bo‘lyapti. Ularning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha:

Galaxy Fold hamda Flip turkumlari: Fold, Fold 5G, Z Fold 2, Z Fold 2 5G, Z Flip, Z Flip 5G;

Galaxy S turkumi: S10, S10+, S10e, S10 5G, S10 Lite, S20, S20 5G, S20+, S20+ 5G, S20 Ultra, S20 Ultra 5G, S20 FE, S20 FE 5G, S21 5G, S21+ 5G, S21 Ultra 5G;

Galaxy Note turkumi: Note 10, Note 10 5G, Note 10+, Note 10+ 5G, Note 10 Lite, Note 20, Note 20 5G, Note 20 Ultra, Note 20 Ultra 5G;

Galaxy A turkumi: A10, A10e, A10s, A20, A20s, A30, A30s, A40, A50, A50s, A60, A70, A70s, A80, A90 5G, A11, A21, A21s, A31, A41, A51, A51 5G, A71, A71 5G, A02s, A12, A32 5G, A42 5G;

Galaxy M turkumi: M10s, M20, M30, M30s, M40, M11, M12, M21, M31, M31s, M51;

Galaxy XCover turkumi: XCover4s, XCover FieldPro, XCover Pro;

Galaxy Tab turkumi: Tab Active Pro, Tab Active3, Tab A 8 (2019), Tab A with S Pen, Tab A 8.4 (2020), Tab A7, Tab S5e, Tab S6, Tab S6 5G, Tab S6 Lite, Tab S7, Tab S7+.

Ko‘rib turganingizdek, nafaqat Galaxy A10 va M10s kabi eng arzon modellar, balki korpusi mustahkam himoyali Galaxy Xcover seriyasidagi smartfonlar ham e’tibordan chetda qolmagan.

Darvoqe, bu borada Apple’ga yetadigani yo‘q – aksariyat iPhone’lariga u kamida besh yilgacha apdeyt tarqatadi.

O‘QING: Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.