Samsung’ning bepul servisi 26 xil smartfonda paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1127
  •  24.11.2020 11:14

Samsung’ning bepul servisi 26 xil smartfonda paydo bo‘ldi

Janubiy koreyalik gigant 2016 yili o‘zining aqlli televizorlari uchun Samsung TV Plus bepul servisini ishga tushirgan edi. Joriy yilning aprelida kompaniya uni Galaxy smartfonlariga ham taqdim etishi ma’lum bo‘lgan va bu ish sentyabrda amalga oshgan.

O‘QING: Yangi hamyonbop – 7000 mAh batareyali Samsung smartfonini har tomonidan tomosha qilamiz!

Samsung TV Plus servisi dastlab faqat Samsung Galaxy Note 20, S20, Note 10 va S10 turkumlaridagi flagmanlarga chiqarilgan va keyinroq bu ro‘yxatga boshqa modellar ham qo‘shilgan. Endi esa Samsung uni o‘rta narxli ayrim smartfonlariga ham taqdim etdi.

Shunday qilib, Samsung TV Plus bepul servisini qo‘llab-quvatlaydigan smartfonlar ro‘yxati hozir quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Galaxy S9
  2. Galaxy S9 Plus
  3. Galaxy S10e
  4. Galaxy S10
  5. Galaxy S10 Plus
  6. Galaxy S10 5G
  7. Galaxy S10 Lite
  8. Galaxy S20 5G
  9. Galaxy S20 Plus 5G
  10. Galaxy S20 Ultra 5G
  11. Galaxy S20 FE 5G
  12. Galaxy Note 9
  13. Galaxy Note 10
  14. Galaxy Note 10 5G
  15. Galaxy Note 10 Plus
  16. Galaxy Note 10 Plus 5G
  17. Galaxy Note 20 5G
  18. Galaxy Note 20 Ultra 5G
  19. Galaxy Z Fold2 5G
  20. Galaxy Fold
  21. Galaxy Z Flip
  22. Galaxy Z Flip 5G
  23. Galaxy Xcover Pro
  24. Galaxy A51
  25. Galaxy A51 5G
  26. Galaxy A71 5G

Samsung TV Plus mobil ilovasi hozircha faqat AQShdagi foydalanuvchilar uchun taqdim etilgan. Mazkur striming servisi 135 ta turli kanallarni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?